Shopping cart

Sayt xodimlari o‘z oldiga yurtimizda va jahonda ro‘y berayotgan eng muhim voqea-hodisalar haqida tezkor, aniq va xolis axborot berishni o’z oldiga oliy maqsad qilib qo‘ygan.

Jahon

Xitoyda 70 dan ortiq bola qo‘rg‘oshindan ommaviy zaharlandi

Gulhayo Naimova 08.07.20251 daqiqa o'qiladi
58

Xitoyning Gansu provinsiyasidagi Tyanshuy shahrida joylashgan xususiy bolalar bog‘chasida 70 dan ortiq bolaning qo‘rg‘oshin bilan zaharlangani aniqlanib, tergov ishlari boshlandi. Bu haqda mahalliy rasmiylar xabar berdi.

Sog‘liqni saqlash mutasaddilariga ko‘ra, bolalarning qoni tarkibida xavfli darajada qo‘rg‘oshin moddasining mavjudligi aniqlangan. Ushbu holat bolalar bog‘chalarida xavfsizlik choralari va sanitariya me’yorlariga rioya etilmayotganini ko‘rsatmoqda.

Mutaxassislar barcha maktabgacha ta’lim muassasalarida oziq-ovqat mahsulotlarini qat’iy nazoratga olishni, yetkazib beruvchilarni va ovqat tayyorlash texnologiyasini to‘liq tekshirishni taklif qilmoqda.

Pekin va Sian shaharlaridagi yetakchi toksikologlarning ogohlantirishicha, agar qon tarkibida qo‘rg‘oshin darajasi 200 mkg/l dan oshsa, bu bolalarning asab tizimiga jiddiy, qaytarib bo‘lmas zarar yetkazishi mumkin. Bunday hollarda toksinni organizmdan zudlik bilan chiqarish va maxsus ovqatlantirish (nutritsion) terapiyasini boshlash zarur.

Rasmiylar barcha aybdorlar aniqlanib, qonun doirasida jazoga tortilishini maʼlum qildi.

 

Leave a Reply

Sizning elektron pochta manzilingiz e'lon qilinmaydi. Kerakli maydonlar belgilanadi *