Shopping cart

Sayt xodimlari o‘z oldiga yurtimizda va jahonda ro‘y berayotgan eng muhim voqea-hodisalar haqida tezkor, aniq va xolis axborot berishni o’z oldiga oliy maqsad qilib qo‘ygan.

Jahon

Indoneziyada 80 yoshli erkak timsoh hujumidan halok bo‘ldi

Gulhayo Naimova 08.07.20252 daqiqa o'qiladi
55

Indoneziyaning Sumatra orolida 80 yoshli erkak timsoh hujumiga uchrab halok bo‘ldi. Hodisa Lampung provinsiyasidagi Vay Semaka daryosida sodir bo‘lgan. Bu haqda mahalliy rasmiylar va ommaviy axborot vositalari xabar berdi.

Politsiya ma’lumotiga ko‘ra, keksa erkak bog‘da ishlagach, daryo bo‘yiga kelib oyoqlarini yuvmoqchi bo‘lgan. Uning uyi bevosita daryo yonida joylashgan. Guvohlardan biri daryo bo‘yida erkakning kiyimlarini ko‘rib, suv ichida timsoh g‘alati harakat qilayotganini sezgan.
Taxminan bir soat o‘tgach, timsoh erkakning jasadini og‘zida ko‘tarib suv yuzasida paydo bo‘lgan. Mahalliy aholining aytishicha, yirtqich hayvon jasadni 200 metrga sudragan. Aholi tosh otib timsohni haydab yuborgan, ammo bu paytda qurbon hayotdan ko‘z yumgan edi.

“Timsoh nihoyat jasadni qo‘yib yubordi, ammo erkak allaqachon vafot etgan edi,” — deya bayonot berdi politsiya. Aholidan daryo yaqinida ehtiyot bo‘lish so‘ralmoqda, chunki bu hudud timsohlar yashaydigan xavfli joy sanaladi.

Indoneziyada timsoh hujumlari soni yuqori. “CrocAttack” tashkiloti bergan ma’lumotga ko‘ra, 2015–2024 yillar oralig‘ida mamlakatda 1 167 kishi timsohlar hujumiga uchragan. Shulardan 556 tasi o‘lim bilan yakunlangan. Bu ko‘rsatkich bilan Indoneziya dunyoda timsoh hujumlari eng ko‘p sodir bo‘ladigan davlat hisoblanadi.

Aksariyat hujumlar yirik va xavfli turga mansub dengiz timsohlari (Crocodylus porosus) tomonidan sodir etiladi. Bu tur Janubi-Sharqiy Osiyo va Avstraliyada keng tarqalgan bo‘lib, odamlar va chorva hayvonlariga hujum qilish holatlari bilan tanilgan.

May oyida ham Sumatra orolida yana bir erkak timsoh tomonidan o‘ldirilgan edi, hodisa kanal bo‘yida yuz bergan.

Leave a Reply

Sizning elektron pochta manzilingiz e'lon qilinmaydi. Kerakli maydonlar belgilanadi *