Shopping cart

Sayt xodimlari o‘z oldiga yurtimizda va jahonda ro‘y berayotgan eng muhim voqea-hodisalar haqida tezkor, aniq va xolis axborot berishni o’z oldiga oliy maqsad qilib qo‘ygan.

Jahon

Texasdagi toshqinda halok bo‘lganlar soni 81 nafarga yetdi

Gulhayo Naimova 07.07.20252 daqiqa o'qiladi
34

NBC News xabariga ko‘ra, Texas shtatida yuz bergan dahshatli toshqin oqibatida halok bo‘lganlar soni 81 nafarga yetgan. Hozirda yana o‘nlab odamlar bedarak deb e’lon qilingan.

Markaziy Texas ushbu kuchli toshqinning epitsentriga aylangan. AQSh Milliy meteorologiya xizmatining ma’lumotiga ko‘ra, kuchli yomg‘irlar natijasida Guadalupe daryosining suvi Kerville shahri yaqinida keskin 6–8 metrga ko‘tarilgan. Suv oqimi yo‘llarni yuvib ketgan, bir nechta aholi punktlari suv ostida qolgan.

Faqatgina Kerr okrugida 68 kishining o‘limi tasdiqlangan, shulardan 40 nafari kattalar va 28 nafari bolalar. Mahalliy hokimiyat vakillarining so‘zlariga ko‘ra, “Camp Mystic” yozgi oromgohida bo‘lgan 10 bola hanuzgacha bedarak yo‘qolganlar ro‘yxatida qolmoqda.

Sinoptiklar yangi toshqinlar xavfi hali ham mavjudligini ta’kidlamoqda. Yaqin kunlarda yog‘ingarchilik ko‘payishi kutilmoqda. Shu sababli Milliy meteorologiya xizmati janubiy-markaziy Texasning katta hududlari uchun toshqin xavfi ogohlantirishini uzaytirdi.

AQSh Prezidenti Donald Tramp Kerr okrugi uchun “katta ofat holati” rejimini e’lon qiluvchi deklaratsiyani imzoladi. Bu favqulodda xizmatlarga qo‘shimcha resurslardan foydalanish va qutqaruv ishlarini tezlashtirish imkonini beradi.

Qutqaruv ishlari davom etmoqda. Qutqaruvchilar va ko‘ngillilar suv bosgan hududlarni diqqat bilan ko‘zdan kechirishda davom etmoqda, ular tirik qolganlarni topishga umid qilmoqda. Rasmiylar fuqarolarga ogohlantirish berib, xavfli hududlardan imkon qadar tezroq chiqib ketishni tavsiya qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, ushbu falokatli toshqin juma kuni erta tongda, San-Antonio shahridan 140 km shimoli-g‘arbda joylashgan hududda, Guadalupe daryosi toshganidan so‘ng yuzaga kelgan.

Amerika ommaviy axborot vositalari ushbu toshqin va yozgi oromgohdagi bolalarning yo‘qolishini so‘nggi yillardagi eng yirik fojealardan biri sifatida baholamoqda.

Leave a Reply

Sizning elektron pochta manzilingiz e'lon qilinmaydi. Kerakli maydonlar belgilanadi *