Test sinovlariga kirish uchun abituriyentlarga “Abituriyent ruxsatnomasi” berish boshlandi.
Abituriyent ruxsatnomasini my.uzbmb.uz saytidagi shaxsiy kabinetdan yuklab olish mumkin. Qayd varag‘i sahifasida yuklab olish tugmasi paydo bo‘lgan.
Shuningdek, shaxsiy kabinetga kirmasdan, my.uzbmb.uz/allow/bachelor-allow sahifasiga o‘tib, pasport seriyasi va raqami hamda JShShIR raqamini kiritgan holda ruxsatnomani olish mumkin.
Abituriyentlar test sinoviga pasport (ID-karta) va abituriyent ruxsatnomasi bilan belgilangan vaqtda kelishlari kerak. Kechikib kelgan yoki pasport nusxasi yoki boshqa hujjatlar bilan kelgan abituriyentlar test sinovlariga kiritilmaydi.