Shopping cart

Sayt xodimlari o‘z oldiga yurtimizda va jahonda ro‘y berayotgan eng muhim voqea-hodisalar haqida tezkor, aniq va xolis axborot berishni o’z oldiga oliy maqsad qilib qo‘ygan.

  • Bosh sahifa
  • Jahon
  • Falastinlik shayxlar oʻz amirliklarini tuzishni va Isroilni tan olishni taklif qilishmoqda
Jahon

Falastinlik shayxlar oʻz amirliklarini tuzishni va Isroilni tan olishni taklif qilishmoqda

Gulhayo Naimova 06.07.20251 daqiqa o'qiladi
38

Xevron shahridagi bir guruh nufuzli shayxlar Falastin muxtoriyatidan ajralib chiqib, mustaqil amirlik tuzishni va Isroilni rasmiy tan olishni taklif qildi. Bu haqda The Wall Street Journal nashri xabar bermoqda.

Shayxlar Isroil iqtisodiyot vaziri va sobiq Quddus meri Nir Barkatga yuborgan maktubida mazkur taklifni Bosh vazir Binyamin Netanyahuga yetkazishni so‘rashgan.

Maktubda ular Xevronni Falastin ma’muriyatidan ajratib, “Xevron amirligi”ni tashkil etish g‘oyasini ilgari surishgan. Shuningdek, ular Isroil va yangi Amirlik oʻzaro tan olishi kerakligini, hamda Ibrohim kelishuvlariga qoʻshilish niyatida ekanliklarini bildirgan.

Tashabbus doirasida shayxlar Isroilga Xevrondan 1000 ishchini sinov tariqasida qabul qilishni taklif qilgan. Ular buning evaziga “terrorizmga nisbatan nol darajadagi toqatsizlik” kafolatlanishini aytishgan.

“Mavjud kelishuvlarning natijasi korrupsiya, zo‘ravonlik va iqtisodiy inqirob boʻldi. Shu bois hokimiyat Falastin ma’muriyati emas, mahalliy klan yetakchilari qoʻlida boʻlishi lozim,” — deyiladi shayxlar murojaatida.

Bu taklif Isroil va HAMAS o‘rtasidagi so‘nggi G‘azo muzokaralari fonida paydo bo‘ldi.

Leave a Reply

Sizning elektron pochta manzilingiz e'lon qilinmaydi. Kerakli maydonlar belgilanadi *