Shopping cart

Sayt xodimlari o‘z oldiga yurtimizda va jahonda ro‘y berayotgan eng muhim voqea-hodisalar haqida tezkor, aniq va xolis axborot berishni o’z oldiga oliy maqsad qilib qo‘ygan.

Jahon

Janubiy Amerikada rekord darajadagi sovuq kuzatilmoqda

Gulhayo Naimova 06.07.20252 daqiqa o'qiladi
54

Janubiy Amerikaga sovuq havo oqimlari kirib kelib, mintaqada odatdagidan ancha past harorat kuzatildi. Chili, Argentina va Urugvayda yuz bergan sovuq to‘lqin oqibatida kamida 15 kishi hayotdan ko‘z yumdi, deb xabar berdi Le Monde nashri.

2025-yil 2-iyul kuni Argentina poytaxti Buenos-Ayresda harorat -1,9 darajagacha tushdi. Bu 1991-yildan beri eng sovuq kun bo‘ldi. Miromar shahrida esa so‘nggi 34 yil ichida ilk marta qor yog‘di.

Chilining Chillan shahrida harorat -9,3 darajani tashkil etdi. Dunyoning eng quruq joylaridan biri sanalgan Atakama cho‘lida ham qor yog‘gani kuzatildi. Urugvay poytaxti Montevideoda esa 30-iyun kuni harorat -5,8 darajagacha pasaydi. Bu oxirgi marta 1967-yilda qayd etilgan edi.

Jahon meteorologiya tashkilotiga ko‘ra, 30-iyun holatiga ko‘ra, Chili va Argentina Antarktidadan tashqari Yer yuzidagi eng sovuq hududlar qatoridan joy oldi.

Sovuq ob-havo tufayli ko‘plab joylarda transport ishlamay qolgan, maktablar yopilgan. Qishloq xo‘jaligiga ham katta zarar yetgan — meva va qishki ekinlar sovuqdan nobud bo‘lgan.

Mutaxassislar bunday keskin sovuqlarni iqlim o‘zgarishlari bilan bog‘lamoqda. Ularning fikriga ko‘ra, Tinch okeanida joylashgan Xunga Tonga – Xunga Xaapay vulqoni portlashi atmosferadagi sovuqlar kuchayishiga sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin.

Maʼlumot oʻrnida, iyun-iyul oylarida Janubiy Amerikaning Argentina, Chili va Urugvay kabi mamlakatlarida qish fasli bo‘lsa-da, odatda harorat +5°C dan +15°C gacha bo‘ladi, tunda esa +3°C atrofida bo‘lishi tabiiy hol hisoblanadi. Ammo joriy yilda kuzatilgan sovuqlar odatiy meʼyordan ancha past bo‘lib, mintaqa uchun mutlaqo noodatiy holat sanaladi.

 

 

Leave a Reply

Sizning elektron pochta manzilingiz e'lon qilinmaydi. Kerakli maydonlar belgilanadi *