Shopping cart

Sayt xodimlari o‘z oldiga yurtimizda va jahonda ro‘y berayotgan eng muhim voqea-hodisalar haqida tezkor, aniq va xolis axborot berishni o’z oldiga oliy maqsad qilib qo‘ygan.

Yangiliklar

Ilon Mask AQShda yangi siyosiy partiya tashkil etdi

Gulhayo Naimova 06.07.20252 daqiqa o'qiladi
53

Amerikalik milliarder Ilon Mask o‘zining yangi siyosiy partiyasi – “Amerika” partiyasini tuzganini e’lon qildi. Unga ko‘ra, partiya mamlakat fuqarolariga “erkinlikni qaytarish” maqsadida tashkil etilgan. Bu haqda Mask o‘zining X (sobiq Twitter) sahifasida yozib qoldirdi.

E’lon so‘rovnoma natijasidan so‘ng berildi: Maskning obunachilari o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovda 65,4 foiz odam yangi partiya tashkil etilishini yoqlab ovoz bergan. “Ikki kishi orasidan bittasi yangi partiyani istaydi – siz uni olasiz,” – deb yozdi u.

Maskning fikricha, AQShda real demokratiya emas, bir partiyali tizim hukm surmoqda. “Amerika partiyasi bugun tashkil etildi. Maqsad – sizga erkinlikni qaytarish,” – deydi u.

Maskning so‘zlariga ko‘ra, yangi partiya siyosiy maydonda hukmronlik qilishni emas, balki Senatda 2-3 ta, Vakillar palatasida esa 8-10 ta o‘rin olishni ko‘zlamoqda.

Bu tashabbus Tramp bilan bo‘lgan navbatdagi mojaro fonida e’lon qilindi. Mask avvalroq Trampni tanqid qilgan va “Big Beautiful Bill” nomli qonun loyihasiga qarshi chiqqan edi. U agar qonun qabul qilinsa, yangi partiya tuzishini bildirgan. 5 iyulga o‘tar kechasi Tramp ushbu qonunni imzoladi.
Shundan so‘ng Mask yana bir bor o‘z pozitsiyasini aniqladi: u endi na demokratlar, na respublikachilar tarafida emas.

Forbes’ning hisob-kitobiga ko‘ra, Ilon Mask dunyodagi eng boy inson bo‘lib, uning boyligi 405 milliard dollarni tashkil etadi. Shunga qaramay, u Trampning saylov kampaniyasidagi asosiy moliyaviy ko‘makchilaridan biri boʻlgan edi.

Leave a Reply

Sizning elektron pochta manzilingiz e'lon qilinmaydi. Kerakli maydonlar belgilanadi *