Shopping cart

Sayt xodimlari o‘z oldiga yurtimizda va jahonda ro‘y berayotgan eng muhim voqea-hodisalar haqida tezkor, aniq va xolis axborot berishni o’z oldiga oliy maqsad qilib qo‘ygan.

  • Bosh sahifa
  • Jahon
  • Texasda halokatli toshqin natijasida qurbonlar va bedarak yoʻqolganlar soni ortmoqda
Jahon

Texasda halokatli toshqin natijasida qurbonlar va bedarak yoʻqolganlar soni ortmoqda

Gulhayo Naimova 06.07.20252 daqiqa o'qiladi
48

Texas shtatida davom etayotgan kuchli yomg‘irlar oqibatida yuzaga kelgan toshqin kamida 30 dan ortiq kishining hayotiga zomin bo‘ldi. Qurbonlar orasida to‘qqiz nafar bola bor.

Yana o‘nlab odamlar, jumladan, ko‘plab bolalar bedarak yo‘qolgan. Rasmiylar bu so‘nggi yillardagi eng yirik tabiiy ofatlardan biri ekanini bildirgan.

Eng ko‘p talafot Kerr okrugidagi “Camp Mystic” yozgi oromgohida qayd etildi. Tungi vaqtda suv bosishi oqibatida kamida uch nafar qizcha uxlayotganida halok bo‘ldi. Hozirda 20 dan ortiq bola va kattalar qidiruvda.

Guadalupe daryosining sathi bir kechada 9 metrga ko‘tarilgan. Suv ommaviy ravishda lager binolarini, yo‘llarni va turar joylarni suv ostida qoldirdi. Fojia joyidan olingan fotosuratlarda yuvilib ketgan yotoqxonalar, loyga botgan buyumlar va qulab tushgan tomlar aks etgan.

Qutqaruv ishlariga 500 dan ortiq mutaxassis, 14 ta vertolyot va 12 ta dron jalb qilingan. Birgina juma kuni 850 dan ortiq odam evakuatsiya qilindi.

Texas gubernatori Greg Abbott vaziyatni “katta falokat” deb atadi. “Biz qorong‘ilikda ham izlashni davom ettiramiz va to‘xtamaymiz,” — dedi u. Prezident Donald Tramp ham yordam ko‘rsatishga va’da berdi.

Sinoptiklar yaqin soatlarda yana 25 sm gacha yog‘ingarchilik bo‘lishi mumkinligini bildirdi. Milliy meteorologik xizmat Lyndon B. Johnson ko‘li ham toshib ketishi mumkinligidan ogohlantirdi.

Ko‘plab ota-onalar hanuz farzandlari haqida xabar kutmoqda. Vaqtinchalik tashkil etilgan oilaviy markazlarda minglab odamlar bolalarining suratini tarmoqlarda ulashib, ularning topilishiga umid qilmoqda. Rasmiylar qurbonlar soni ortishi mumkinligini inkor etmayapti.

Leave a Reply

Sizning elektron pochta manzilingiz e'lon qilinmaydi. Kerakli maydonlar belgilanadi *