Elektron pochta: [email protected]

Kurs UZS USD 11 899.09 +1.19 EUR 13 298.42 −37.94 RUB 141.53 +1.35

«Liverpul» futbolchisi avtohalokat sabab vafot etdi

ea4bbf816bb7b01b58bd9d76982f6f83fea0c53d05d3682bc4dab2ebe46fe625 880 495

28 yoshli portugaliyalik futbolchi, Liverpulning hujumchisi Diogo Jota Zamora provinsiyasida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasida vafot etdi.

 28 yoshli Jota va uning akasi Andre, avtohalokatda mashinasi yo‘ldan chiqib, yonib ketgan va ikkisi ham halok bo‘lgan.Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, mashina olov ostida qolgan va olov yaqin atrofga ham tarqalgan.

Portugaliya terma jamoasi bilan u ikki marta UEFA Millatlar Ligasini yutgan.

Liverpul futbolchisi Diogo Jota 2020-yilda Wolverhamptondan 44.7 million evroga qo‘shilgan edi. O‘sha vaqt ichida u Liverpulda 182 o‘yin o‘tkazib, 65 ta gol va 26 ta assist bilan jamoasining asosiy futbolchisi bo‘ldi.

Jota «qizillar» bilan Premer-liga (2024-25), Angliya kubogi (2021-22) va Liga kubogi (2021-22) kabi uchta chempionlikni qo‘lga kiritdi.

Shuningdek,Jota ikki hafta oldin turmush qurgan edi.