Elektron pochta: [email protected]

Kurs UZS USD 11 903.15 −62.36 EUR 13 329.15 −108.12 RUB 146.75 +0.79

Toshkentda texnik spirtni etil spirti sifatida sotgan shaxs qo‘lga olindi

photo 2025 07 01 12 30 33

Toshkent shahrida texnik spirtni etil spirti sifatida sotgan shaxs qo‘lga olindi. Bosh prokuratura huzuridagi Departament tomonidan Chilonzor tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro H.I. 1 420 litr texnik spirtni 14 208 dona tibbiyot flakoniga qadoqlab, fuqaro G.X. ga, etil spirtiga o‘xshatib, 3 900 AQSh dollariga sotgan va ushbu vaqtida ashyo dalillari bilan qo‘lga olingan.

Mazkur holat bo‘yicha Jinoyat kodeksining 168-modda (firibgarlik) va 186-1-modda (etil spirtini, alkogolli mahsulotlarni va tamaki mahsulotlarini qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish yoki ishlab chiqarish) bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va tergov harakatlari olib borilmoqda.