Shopping cart

Sayt xodimlari o‘z oldiga yurtimizda va jahonda ro‘y berayotgan eng muhim voqea-hodisalar haqida tezkor, aniq va xolis axborot berishni o’z oldiga oliy maqsad qilib qo‘ygan.

Jahon

Buyuk Britaniya urushga tayyorgarlik ko‘rmoqda — Bosh vazir

Gulhayo Naimova 04.06.20251 daqiqa o'qiladi
57

Buyuk Britaniya Bosh vaziri Keir Starmer dushanba kuni mamlakatni urushga tayyor holatga keltirish maqsadida keng qamrovli harbiy islohot rejasini e’lon qildi.

Ushbu tashabbus Rossiya, Xitoy, Eron va Shimoliy Koreya kabi davlatlardan kelayotgan xavflar fonida amalga oshirilmoqda.

Hukumat 2027-yilga borib mudofaa xarajatlarini yalpi ichki mahsulotning 2,5 foizigacha oshirishni rejalashtirgan. Starmer bu harakatlar orqali Buyuk Britaniyaning NATOdagi majburiyatlarini mustahkamlashini aytdi.

Rejaga ko‘ra, AUKUS harbiy ittifoqi doirasida 12 ta yangi yadro suvosti kemasi quriladi. Shuningdek, dronlar, sun’iy intellekt va lazer qurollari kabi zamonaviy texnologiyalar uchun 2 milliard funt sterling sarmoya ajratilishi belgilangan.

Bosh vazir harbiy sanoat ishlab chiqarishini kengaytirish, 6 ta yangi o‘q-dori zavodi qurish va 7 mingta uzoq masofali raketalar tayyorlashni ham maqsad qilganini bildirdi.

Starmer jamiyatni bu tashabbusga jalb etishga chaqirib, “milliy xavfsizlik barchaning ishi” ekanini ta’kidladi. Yil oxirigacha yangi Kiber va Elektromagnit Qo‘mondonlik tashkil etilishi rejalashtirilgan.

Tahlilchilar hukumatning 3 foizli mudofaa byudjeti maqsadi bo‘yicha aniq vaqt belgilamagani va moliyaviy manbalar ochiqlanmaganidan xavotir bildirmoqda.

Leave a Reply

Sizning elektron pochta manzilingiz e'lon qilinmaydi. Kerakli maydonlar belgilanadi *