AQSh dollarining qadrsizlanishi fonida investorlar yuqori daromad beruvchi valyutalarga, jumladan Hindiston va Indoneziyaga qiziqish bildirmoqda.
Bu hodisa “foiz farqidan foyda olish” — ya’ni bir mamlakatda arzon kredit olib, boshqasida yuqori daromadli aktivlarga sarmoya qilish strategiyasini yana jonlantirdi.
So‘nggi haftalarda dollar bosimi kamaydi. Federal rezerv tizimi foiz stavkalarini ko‘tarmay turgani, inflyatsiya sekinlashayotgani va AQShdagi siyosiy xavotirlar sarmoyadorlarni boshqa yo‘nalishlarga o‘tishga majbur qilmoqda.
Hindiston va Indoneziya bunga tayyor: ularning markaziy banklari foiz stavkalarini mos ravishda 6,5% va 6,25% darajasida ushlab turibdi. Bu AQShning 5,25% stavkasidan yuqoriroq. Shuning uchun, investorlar dollarda qarz olib, bu pulni rupiyaga aylantirib, foydali moliyaviy aktivlarga tikmoqda.
Banklar aytishicha, bahor oylarida bu strategiya orqali rivojlanayotgan davlatlarga 17 milliard dollardan ortiq sarmoya kirgan. Tahlilchilar fikricha, bu hozircha foydali yo‘l, lekin xavflar ham bor: agar dollar yana kuchaysa yoki foiz stavkalari oshsa, daromad kamayadi yoki zarar kelishi mumkin.