Shopping cart

Sayt xodimlari o‘z oldiga yurtimizda va jahonda ro‘y berayotgan eng muhim voqea-hodisalar haqida tezkor, aniq va xolis axborot berishni o’z oldiga oliy maqsad qilib qo‘ygan.

  • Bosh sahifa
  • Jahon
  • Karol Navrotskiy: “…avvalo Polsha” Bu tamoyil mamlakat tarixida yangi sahifa ochadimi?
Jahon

Karol Navrotskiy: “…avvalo Polsha” Bu tamoyil mamlakat tarixida yangi sahifa ochadimi?

Gulhayo Naimova 02.06.20252 daqiqa o'qiladi
14

Polshada 2025-yilgi prezidentlik saylovining ikkinchi bosqichida konservativ tarixchi Karol Navrotskiy saylovchilarning 50,89 foiz ovozini olib, gʻalaba qozondi.

Bu natija mamlakat siyosiy muvozanatini oʻzgartirishi va Yevropa Ittifoqi bilan munosabatlarni murakkablashtirishi mumkin, deya xabar beradi Assosciated Press.

42 yoshli Navrotskiy ilgari Milliy xotira instituti rahbari boʻlgan. U Sovet Ittifoqi davriga oid yodgorliklarni olib tashlash va kommunistik jinoyatlarni fosh qilish harakatlari bilan tanilgan. Prezidentlik lavozimiga siyosiy tajribasiz kelayotgan Navrotskiy anʼanaviy katolik qadriyatlarini himoya qilishga va “avvalo Polsha” tamoyiliga sodiqligini bildirgan.

Navrotskiyning asosiy raqibi, Varshava meri va Yevropa Ittifoqi tarafdori Rafal Tshaskovskiy 49,11 foiz ovoz oldi.

Saylovda ishtirok etish darajasi 71,63 foizni tashkil etdi — bu Polsha tarixidagi eng yuqori koʻrsatkichlardan biridir.

Prezidentlik vakolati asosan ramziy boʻlsa-da, prezident parlament tomonidan qabul qilingan qonunlarni veto qilish huquqiga ega. Bu esa hozirgi Bosh vazir Donald Tusk va uning Yevropa Ittifoqi bilan yaqinlashuv, sud islohoti va ijtimoiy qonunchilikdagi rejalari uchun toʻsiq boʻlishi mumkin.

Karol Navrotskiy AQSh sobiq prezidenti Donald Tramp tomonidan ochiq qoʻllab-quvvatlandi. Siyosiy tahlilchilar bu gʻalabani Polshaning ichki va tashqi siyosatida keskin burilish deb baholamoqda. Navrotskiy Ukrainani NATOga tezkor qabul qilish borasidagi ehtiyotkor yondashuvi bilan tanilgan.

Rasmiy natijalarga koʻra, Navrotskiy Tshaskovskiydan 369 451 ovoz farqi bilan oldinda boʻldi. U avgust oyida amaldagi prezident Andjey Dudaning oʻrnini egallaydi.

Leave a Reply

Sizning elektron pochta manzilingiz e'lon qilinmaydi. Kerakli maydonlar belgilanadi *