Shopping cart

Sayt xodimlari o‘z oldiga yurtimizda va jahonda ro‘y berayotgan eng muhim voqea-hodisalar haqida tezkor, aniq va xolis axborot berishni o’z oldiga oliy maqsad qilib qo‘ygan.

  • Bosh sahifa
  • Jahon
  • Floridalik ayol “jin chiqaraman” deb 6 yoshli o‘g‘lini o‘ldirib qo‘ydi
Jahon

Floridalik ayol “jin chiqaraman” deb 6 yoshli o‘g‘lini o‘ldirib qo‘ydi

Gulhayo Naimova 02.06.20251 daqiqa o'qiladi
25

AQShning Florida shtatida yashovchi 41 yoshli Ronda Polinis o‘zining 6 yoshli o‘g‘li Romil Pyer­ni o‘ldirganlikda gumon qilinmoqda. Ayol tergovchilarga aytishicha, u o‘g‘lidan “jinlarni haydash” uchun maxsus diniy marosim – eksorsizm o‘tkazgan.

Politsiya 30-may kuni bolaning maktabga ikki haftadan beri kelmayotgani haqida xabar olgach, ayolning uyiga bordi. Ular bolaning jasadini yotoqxonadagi karavotdan topishdi. Tergovchilar taxminicha, bola 18-may kuni vafot etgan bo‘lishi mumkin.

Polinis tergovda Xudo unga bola ichidagi jinlarni chiqarishni buyurganini, bola harakatsiz yotganini ko‘rib uni “jinlardan tozalandi” deb o‘ylaganini va yana tiriladi deb kutganini aytdi.

Ayolga nisbatan qotillik, bolaning o‘limi haqida xabar bermaslik va jasadni o‘zgartirish kabi og‘ir jinoyatlar bo‘yicha ish qo‘zg‘atildi. U hozirda 150 ming dollar garov bilan qamoqda saqlanmoqda.

Marhum bola — Romil Pyer — Samuel Geyns nomli maktabda o‘qigan va uni o‘qituvchilar juda mehribon, quvnoq bola sifatida eslashmoqda. Uning o‘limi butun mahalliy jamiyatda chuqur qayg‘uga sabab bo‘ldi.

Hozirda sud-tibbiy ekspertizasi bolaning aynan qanday o‘ldirilganini aniqlamoqda. Tergov ishlari davom etmoqda.

Leave a Reply

Sizning elektron pochta manzilingiz e'lon qilinmaydi. Kerakli maydonlar belgilanadi *