Shopping cart

Sayt xodimlari o‘z oldiga yurtimizda va jahonda ro‘y berayotgan eng muhim voqea-hodisalar haqida tezkor, aniq va xolis axborot berishni o’z oldiga oliy maqsad qilib qo‘ygan.

Madaniyat-san'at

Sanʼatkorlar Alla Pugachyova va Ivan Urgant chet el agentimi?

Gulhayo Naimova 29.05.20252 daqiqa o'qiladi
89

Rossiya Adliya vazirligi mashhur san’atkorlar Alla Pugachyova va Ivan Urgantni “chet el agenti” deb ro‘yxatga olish uchun asos yo‘qligini ma’lum qildi.

Bu haqda Adliya vaziri o‘rinbosari Oleg Sviridenko TASS axborot agentligiga bergan bayonotida aytib o‘tdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, har ikki shaxsning faoliyatida xorijdan moliyalashtirish yoki Rossiya manfaatlariga zid harakatlar aniqlanmagan.

Ivan Urgant atrofida tekshiruvlar shundan so‘ng boshlandi:

2024-yilda u Fransiyada yakka tadbirkor sifatida ro‘yxatdan o‘tgani haqida xabarlar paydo bo‘ldi. Bu holat parlament deputatining e’tiroziga sabab bo‘lib, Adliya vazirligi Urgant faoliyatini tekshirib chiqdi. Biroq qonunbuzarlik aniqlanmadi. Urgant esa bu da’volarni inkor etib, Rossiyani tark etish yoki xorijda biznes ochish niyati yo‘qligini bildirgan

Alla Pugachyova esa 2022-yilda turmush o‘rtog‘i Maksim Galkin bilan Isroilga ko‘chib ketgan. Galkin Rossiyada “chet el agenti” deb e’lon qilinganidan so‘ng, Pugachyova uni ochiq qo‘llab-quvvatlagan va o‘zini ham ro‘yxatga olishni so‘ragan.
Ammo Adliya vazirligi uning harakatida ham qonunbuzarlik aniqlamadi.

Rasmiylar ta’kidlashicha, biror shaxsni “chet el agenti” deb tan olish faqat aniq faktlarga asoslangan holda amalga oshiriladi. Hozirgi paytda bunday asoslar mavjud emas. Shu bilan birga, Adliya vazirligi kelajakda ular faoliyatida yangi holatlar aniqlansa, masala qayta ko‘rib chiqilishi mumkinligini istisno etmaydi.

Leave a Reply

Sizning elektron pochta manzilingiz e'lon qilinmaydi. Kerakli maydonlar belgilanadi *