Muddati to‘lovga uy olmoqchi bo‘lgan 800 nafar fuqarolar 209 milliard so‘mdan ortiq zarar ko‘rdi.
Toshkent shahrida ko‘p qavatli uylarni muddati to‘lov asosida sotish bilan shug‘ullangan “IN-FIN-STORY INVEST” va “CREDIT HOUSE” MChJ mansabdor shaxslariga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Tergov doirasida 800 nafar fuqaro jabrlanuvchi sifatida tan olinib, jami 209 milliard 263 million so‘m zarar aniqlangan. Ittihom qilinayotgan 5 nafar shaxsga nisbatan ayblov e’lon qilingan va tergov harakatlari davom etmoqda.