Shopping cart

Sayt xodimlari o‘z oldiga yurtimizda va jahonda ro‘y berayotgan eng muhim voqea-hodisalar haqida tezkor, aniq va xolis axborot berishni o’z oldiga oliy maqsad qilib qo‘ygan.

  • Bosh sahifa
  • Bu qiziq
  • Nega vaqt yillar o‘tgan sayin “uchib ketayotgandek” tuyuladi? Olimlar javob topdi
Bu qiziq

Nega vaqt yillar o‘tgan sayin “uchib ketayotgandek” tuyuladi? Olimlar javob topdi

Gulhayo Naimova 27.05.20251 daqiqa o'qiladi
42

Amerikalik olimlar nega yillar o‘tgan sayin vaqt tobora tez o‘tayotgandek tuyulishini tushuntirib berishdi.

Kanzas universiteti tadqiqotchilari olib borgan tadqiqotga ko‘ra, bunga oddiy hayot tarzi emas, insonning o‘z ustida ishlashi va mazmunli kunlari sabab bo‘ladi.

Tadqiqotda 2 500 kishi ishtirok etdi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki: odam taraqqiyot, yutuq va faol hayot kechirayotgan davrlari o‘zida vaqtni qisqaroq sezadi. Aksincha, rutinga aylangan oddiy kunlar har doim ham “tez o‘tib ketayotgandek” tuyulmaydi.

“Qizig‘i shundaki, aynan eng muhim va foydali ishlar bilan band bo‘lgan davrimizda vaqt uchib ketayotgandek tuyuladi”, — deyishadi tadqiqotchilar.

Olimlar bu holatni ikki xil izoh bilan tushuntiradi:

Faollik nazariyasi: inson biror maqsad sari harakat qilayotganida vaqtga e’tibor bermaydi.

Sog‘inch gipotezasi: muhim va yaxshi o‘tgan davrlarni eslaganda u qisqa bo‘lib tuyuladi.

Tadqiqotga ko‘ra, insonning vaqt haqida qanday fikrda bo‘lishi ko‘proq hayotidan qancha rozi ekani bilan bog‘liq — voqealar ko‘pligi emas, ularning ahamiyati muhimroq.

Leave a Reply

Sizning elektron pochta manzilingiz e'lon qilinmaydi. Kerakli maydonlar belgilanadi *