Shopping cart

Sayt xodimlari o‘z oldiga yurtimizda va jahonda ro‘y berayotgan eng muhim voqea-hodisalar haqida tezkor, aniq va xolis axborot berishni o’z oldiga oliy maqsad qilib qo‘ygan.

Fan-texnika

Taomga tuzsiz shoʻr taʼm beruvchi qoshiq ixtiro qilindi

Gulhayo Naimova 25.05.20252 daqiqa o'qiladi
23

Yaponiyaning “Kirin Holdings” kompaniyasi Las-Vegasda bo‘lib o‘tgan iste’mol elektronikasiga oid ko‘rgazmada noodatiy ixtiro bilan ishtirok etdi: bu qoshiq taomga tuz qo‘shmasdan sho‘r ta’m beradi, lekin buning uchun tilga yengil, kuchsiz elektr toki yuboriladi.

Elektron tuzli qoshiq deb nomlangan bu qoshiq foydalanuvchining tiliga zaif elektr toki yuborish orqali taomdagi sho‘r va umumiy lazzatni kuchaytiradi. Ammo bu jarayonda natriy (tuz) miqdori oshmaydi.

AQShda aholining taxminan 90 foizi tavsiya etilgan me’yordan ko‘proq tuz iste’mol qiladi. Bunday parhez yurak xastaligi, yuqori qon bosimi va insult xavfini oshiradi. Tadqiqotlarga ko‘ra, kuniga atigi bir choy qoshiq tuzni kamaytirish, qon bosimini tushiruvchi dorilar kabi ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

Mazkur qoshiq ilk bora 2019-yilda Yaponiyada ortib borayotgan tuz iste’moliga javoban ishlab chiqilgan. Tijorat versiyasi esa 2024-yilda Yaponiyada taqdim etildi.

Meiji universiteti olimlari tomonidan o‘tkazilgan so‘rovda, kam tuz iste’mol qilayotgan odamlarning 80 foizi ovqatning ta’midan norozi ekanini bildirgan. Ayniqsa, ular orasida ramen va miso sho‘rvasidan voz kechishga majbur bo‘lganlar ko‘pchilikni tashkil etgan.

Mazkur qoshiq ana shu muammoni hal etishga harakat qiladi. Qurilma to‘rtta “sho‘rlik darajasi”ni tanlash imkonini beradi. Elektr toki qoshiq uchidan va tutqichining ichki qismlaridan o‘tib, taom orqali tilga uzatiladi.
CES ko‘rgazmasida tashrif buyuruvchilar bu elektrli qoshiqni bevosita sinab ko‘rishdi.

USA Today” sharhlovchisi Jennifer Jolly uning yordamida sho‘rvaning ta’mi oddiy qoshiqdagiga qaraganda ancha sho‘r tuyulganini aytdi. Biroq u va boshqa sinovchilar qurilmaning og‘irligi va faqat to‘g‘ri holatda ishlashini tanqid qilishdi.

Leave a Reply

Sizning elektron pochta manzilingiz e'lon qilinmaydi. Kerakli maydonlar belgilanadi *