Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 15-maydagi tegishli Farmoni bilan nufuzli xalqaro olimpiadalar, xalqaro olimpiadalar va mintaqaviy xalqaro olimpiadalar gʻoliblari, ularning oʻqituvchilari va terma jamoalar rahbarlariga toʻlanadigan bir martalik pul mukofotlari miqdoriga oʻzgartirishlar kiritildi. Unga koʻra:
-nufuzli xalqaro olimpiadada:
1-oʻrin (oltin medal) egallagan oʻquvchilarga — bazaviy hisoblash miqdorining 2 500 baravari (hozirgi vaqtda 937 500 000 soʻm) miqdorida;
-ularning oʻqituvchilariga — bazaviy hisoblash miqdorining 450 baravari (hozirgi vaqtda 168 750 000 soʻm) miqdorida;
-terma jamoa rahbariga — bazaviy hisoblash miqdorining 35 baravari (hozirgi vaqtda 13 125 000 soʻm) miqdorida;
2-oʻrin (kumush medal) egallagan oʻquvchilarga — bazaviy hisoblash miqdorining 1 500 baravari (hozirgi vaqtda 562 500 000 soʻm) miqdorida;
-ularning oʻqituvchilariga — bazaviy hisoblash miqdorining 250 baravari (hozirgi vaqtda 93 750 000 soʻm) miqdorida;
-terma jamoa rahbariga — bazaviy hisoblash miqdorining 25 baravari (hozirgi vaqtda 9 375 000 soʻm) miqdorida;
3-oʻrin (bronza medal) egallagan oʻquvchilarga — bazaviy hisoblash miqdorining 1 000 baravari (hozirgi vaqtda 375 000 000 soʻm) miqdorida;
-ularning oʻqituvchilariga — bazaviy hisoblash miqdorining 150 baravari (hozirgi vaqtda 56 250 000 soʻm) miqdorida;
-terma jamoa rahbariga — bazaviy hisoblash miqdorining 15 baravari (hozirgi vaqtda 5 625 000 soʻm) miqdorida;
xalqaro olimpiadada:
1-oʻrin (oltin medal) egallagan oʻquvchilarga — bazaviy hisoblash miqdorining 150 baravari (hozirgi vaqtda 56 250 000 soʻm) miqdorida;
-ularning oʻqituvchilariga — bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari (hozirgi vaqtda 18 750 000 soʻm) miqdorida;
2-oʻrin (kumush medal) egallagan oʻquvchilarga — bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravari (hozirgi vaqtda 37 500 000 soʻm) miqdorida;
ularning oʻqituvchilariga — bazaviy hisoblash miqdorining 35 baravari (hozirgi vaqtda 13 125 000 soʻm) miqdorida;
3-oʻrin (bronza medal) egallagan oʻquvchilarga — bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari (hozirgi vaqtda 18 750 000 soʻm) miqdorida;
-ularning oʻqituvchilariga — bazaviy hisoblash miqdorining 30 baravari (hozirgi vaqtda 11 250 000 soʻm) miqdorida;
-mintaqaviy xalqaro olimpiadada:
1-oʻrin (oltin medal) egallagan oʻquvchilarga — bazaviy hisoblash miqdorining 12 baravari (hozirgi vaqtda 4 500 000 soʻm) miqdorida;
-ularning oʻqituvchilariga — bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari (hozirgi vaqtda 18 750 000 soʻm) miqdorida;
2-oʻrin (kumush medal) egallagan oʻquvchilarga — bazaviy hisoblash miqdorining 8 baravari (hozirgi vaqtda 3 000 000 soʻm) miqdorida;
-ularning oʻqituvchilariga — bazaviy hisoblash miqdorining 35 baravari (hozirgi vaqtda 13 125 000 soʻm) miqdorida;
3-oʻrin (bronza medal) egallagan oʻquvchilarga — bazaviy hisoblash miqdorining 6 baravari (hozirgi vaqtda 2 250 000 soʻm) miqdorida;
-ularning oʻqituvchilariga — bazaviy hisoblash miqdorining 30 baravari (hozirgi vaqtda 11 250 000 soʻm) miqdorida pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.
Eslatma: tegishli qonunchilik hujjatlari bilan bazaviy hisoblash miqdorining oʻzgarishi natijasida mukofot pullarining miqdori oʻzgarishi mumkin.