Shopping cart

Sayt xodimlari o‘z oldiga yurtimizda va jahonda ro‘y berayotgan eng muhim voqea-hodisalar haqida tezkor, aniq va xolis axborot berishni o’z oldiga oliy maqsad qilib qo‘ygan.

  • Bosh sahifa
  • Jahon
  • Rossiyada migrant ayollarga bepul tug‘uruqni taqiqlash taklif qilindi
Jahon

Rossiyada migrant ayollarga bepul tug‘uruqni taqiqlash taklif qilindi

Gulhayo Naimova 23.05.20251 daqiqa o'qiladi
59

Rossiya Davlat Dumasi deputati Sergey Mironov chet ellik ayollar uchun bepul tug‘uruq xizmatini bekor qilishni taklif qildi. Unga ko‘ra, bu xizmat faqat pulli tibbiy sug‘urta asosida ko‘rsatilishi kerak.

Mironovning aytishicha, Rossiyada tug‘ilayotgan chet ellik bolalar soni ortmoqda va bu bepul xizmatlar Rossiya fuqarolari hisobidan ta’minlanmoqda. Shu sabab, u migrantlar faqat sug‘urta asosida tug‘uruq xizmatidan foydalanishi kerakligini ta’kidladi.

U shuningdek, agar chet ellik ayol Rossiyada rasmiy ishlasa va ish beruvchi kamida uch yil davomida sug‘urta badallarini to‘lagan bo‘lsa, u holda bepul tibbiy xizmat olish huquqiga ega bo‘lishi mumkinligini qo‘shimcha qildi.

Bu taklif ayrim mutaxassislar tomonidan tanqid qilindi. Inson huquqlari bo‘yicha kengash a’zosi Kirill Kabanov bu tashabbus noto‘g‘ri migratsiya siyosatini yashirishga urinish deb baholadi.

Advokat Aleksandr Pochuyev esa bu taklif Rossiya konstitutsiyasida belgilangan bepul tibbiy yordam huquqini buzishini, shuningdek, Rossiyada tug‘ilgan chet ellik bolalarning ham huquqlari poymol bo‘lishini aytdi. Uning fikricha, bunday bolalar “tug‘ilgan joy huquqi” asosida fuqarolik olishga haqli.

Leave a Reply

Sizning elektron pochta manzilingiz e'lon qilinmaydi. Kerakli maydonlar belgilanadi *