Jimmi Donaldson, ya’ni MrBeast, 27 yoshida dunyodagi eng yosh milliarderlardan biri bo‘ldi. U 2024-yilda YouTube’da eng ko‘p obunachiga ega bo‘lgan kanal egasiga aylanib, Hindistonning T-Series kompaniyasini ortda qoldirdi.
2025-yil may holatiga ko‘ra, uning boyligi 1 milliard dollarga yetdi. U har oyda 50 million dollarga yaqin daromad topmoqda. MrBeast internet orqali mashhurlikka erishgan bo‘lsa-da, hozirda u bir necha yirik loyihalarga ega tadbirkor sifatida tanilgan.
Uning “Feastables” shokolad kompaniyasi, “Lunchly” tushlik mahsulotlari va Amazon Prime’dagi “Beast Games” realiti-shousi katta muvaffaqiyat qozondi. 2022-yil oxirida biznesi 1,5 milliard dollarga baholandi, Amazon bilan esa 100 million dollarlik kelishuvga erishgan.
Donaldson — 30 yoshdan kichik bo‘lgan 16 nafar milliarder orasida boyligini o‘zi yaratgan yagona shaxs. U ko‘plab videolariga katta mablag‘ sarflasa-da, ularning asosiy maqsadi — boshqalarga yordam berish va ijtimoiy ta’sir ko‘rsatish.
Uning xayriya tashkiloti hozirda G‘arbiy Afrikadagi kakao plantatsiyalarida bolalar mehnatini tugatish bo‘yicha faoliyat olib bormoqda.
Shuningdek, u ko‘rlar, karlar va kam ta’minlangan oilalarga tibbiy va moliyaviy yordam ko‘rsatish bilan shug‘ullanadi.