Elektron pochta: [email protected]

Kurs UZS USD 11 899.09 +1.19 EUR 13 298.42 −37.94 RUB 141.53 +1.35

Markaziy bank valyuta kurslarini yangiladi: dollar kursi 13 ming so‘mga yaqinlashdi

IMG 20250514 160925 704

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 15-may holatida yangilangan valyutalar kursini e’lon qildi. Unga ko‘ra, AQSh dollari qiymati so‘mga nisbatan 44,89 so‘mga oshib, 12 980,16 so‘mni,  yevro kursi esa, 239,37 so‘mga qimmatlashib, 14 606,57 so‘mni tashkil etdi.

Shuningdek, funt sterling 237,14 so‘mlik sakrash bilan 17 328,51 so‘mga yetdi.

Bundan tashqari, boshqa valyutalar kursida quyidagicha o‘zgarishlar bo‘lgan:

Rossiya rubli 1,16 so‘mga oshib, 161,63 so‘mni;

Xitoy yuani 5,81 so‘mga oshib, 1 802,35 so‘mni;

Yaponiya iyenasi 1,57 so‘mga oshib, 88,98 so‘mni;

Qozog‘iston tengesi esa 0,19 so‘mga ko‘tarilib, 25,62 so‘mni tashkil etdi.