Elektron pochta: [email protected]

Kurs UZS USD 11 903.15 −62.36 EUR 13 329.15 −108.12 RUB 146.75 +0.79

Mubashshir Ahmad Istanbulda qo‘lga olindi

FvKPEM17047833244293 b

O‘rta Osiyo xalqlari “Azon” vaqfi vasiylar kengashi raisi, “Azon Global” portali asoschisi Mubashshir Ahmad (Alisher Tursunov) 2025-yil 8-may kuni Istanbulda ushlangan. Uni Bahcheshehir mavzesidagi uyi oldidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar olib ketgan.

Shu kuni surishtiruv ishlari advokatlari ishtirokida olib borilgan. U Deportatsiya markaziga o‘tkazilishi va 9-may kuni ozod qilinishi kutilgan edi. Biroq to‘rt kun o‘tgan bo‘lsa-da, Turkiya Immigratsiya boshqarmasi Mubashshir Ahmadning holati haqida ma’lumot bermagan.

“Azon Global” portali asossiz xabarlarga e’tibor bermaslikni so‘rab, rasmiy yangiliklar bo‘yicha tezkor xabar berilishini bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, 2025-yil fevral oyida Ichki ishlar vazirligi Mubashshir Ahmad qidiruvga berilganini e’lon qilgan edi. Unga nisbatan O‘zbekiston JKning 244-3-moddasi (diniy mazmundagi materiallarni qonunga xilof tayyorlash va tarqatish) bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.